Ozarbayjonda o‘tkazilgan festivalda “Layli va Majnun” spektakli eng yaxshi deb topildi

Layli va Majnun spektakli festivalning “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan xalqaro teatr festivalida “Layli va Majnun” spektakli “Eng yaxshi spektakl” deb topildi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Shusha shahrida I Xalqaro Turksoy teatrlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat musiqali drama teatri qatnashib, rejissor Asqar Xolmo‘minov tomonidan sahnalashirgan “Layli va Majnun” spektakli namoyish etildi.
Shusha shahrida I Xalqaro Turksoy teatrlar festivali bo‘lib o‘tdi.

“Layli va Majnun spektakli festivalning “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Shusha shahrida I Xalqaro Turksoy teatrlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida TURKSOYga a’zo mamlakatlar Davlat teatrlari rahbarlari kengashining 9-yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi va qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Hujjatda turkiy xalqlar o‘rtasida teatr sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘z aksini topgan.