TOShKENT, 06 noya — Sputnik. Ertaga, 7-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi +19-21 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3-8 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10 daraja iliq, kunduzi +19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-13 daraja iliq, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3-8 daraja iliq, kunduzi +18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja iliq bo‘ladi.