“Ichan-Qal’a” muzey-qo‘riqxonasi fuqarolar tomonidan berilgan madaniy ashyolar bilan boyidi

Muzey fondiga jami 214 dona muzey ashyo qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Fuqarolar 48 dona madaniy boyliklarni “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga beg‘araz topshirishdi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
“Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida muzey fondiga jami 214 dona muzey ashyo qabul qilindi.

“Muzey-qo‘riqxona fondiga qabul qilingan jami 214 dona muzey ashyodan 166 donasi muzey-qo‘riqxonaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga xarid qilingan. Qolgan 48 donasi esa fuqarolar tomonidan beg‘araz topshirilgan”, — deyiladi xabarda.

Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga harid qilingan chinni buyumlardan muzey-qo‘riqxonaning Toshhovli saroyida “Xon saroyida foydalanilgan chinni idishlar” va “Milliy liboslar” mavzularidagi ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, aksiya O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq o‘tkazilmoqda.