TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Hafta o‘rtasida tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduzi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati +19-24 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida havo o‘zgaradi.
O‘zbekiston hududiga 8-noyabrda nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Shu kuni hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 9-noyabrda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.
"Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin", — deyiladi xabarda.
10 noyabrda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-10 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
8-9 noyabrda harorat +13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10-noyabrda +15-20 daraja iliq bo‘ladi. 10-noyabrga kelib, harorat kechasi +3-6 daraja iliqqacha pasayadi.
Poytaxtda 6-7 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +20-23 daraja iliq bo‘ladi.
8 noyabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. 9-noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 noyabrda harorat +14-16 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10-noyabrda +16-18 daraja iliq bo‘ladi. 10-noyabrga harorat kechasi +3-6 daraja iliqqacha pasayadi.