Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi

Shimol yog‘dusi
Yerda kuchli magnit bo‘roni qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Yerda kuchli magnit bo‘roni yuz berdi. Bu haqida Amaliy geofizika instituti ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“5 noyabr kuni kunning ikkinchi yarmida magnit bo‘roni qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Oxirgi 24 soat ichida Yer magnit maydonidagi buzilish G3 darajaga yetdi, bu besh balllik shkalada kuchli darajani bildiradi, G5 — ekstremal daraja va G1 — zaif.
Shu bilan birga, olimlar dushanba kuniyoq zaif buzilgan magnit maydonni va’da qilishmoqda.
Dushanbaga o‘tar kechasi kuchli quyosh chaqnashi tufayli Rossiyaning bir qancha hududlarida shimol yog‘dusini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shuningdek, Belarus, Ukraina va Qozog‘istonda ham odamlar shimol yog‘dusi hodisasiga guvoh bo‘lgan.
Bosh og‘rig‘i
Magnit bo‘ronlari ta’siridan qanday himoyalanish kerak – mutaxassis javobi