TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Professor Abdulhamid Anorboyev boshchiligidagi qadimshunoslar Axsikentda ilmiy tadqiqotlari natijasida I ochiq osmon muzeyi obyekti poydevorlarini qazib bitirdi.
Shu yil avgust-sentabr oylarida ochiq osmon ostidagi muzey uchun kengligi 2,1 metr, chuqurligi 1,5 metr bo‘lgan, uzunligi 40 metrli poydevor uchun transheya qazildi.
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
© Agentstva kulturnogo naslediya
Uning janub-shimol yo‘nalishi 23,5 metrdan boshlangan. Bu perimetrda IX-XIII asrga oid mudofaa devori mavjud bo‘lib, uning boshqa bir qismi XIX qazishma obyektidan aniqlangan.
XIX qazishmasidagi antik va o‘rta asr mudofaa devorlari ham tabiiy tepalik ustiga barpo etilgan bo‘lib, bir muncha payt o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Faqatgina XIII asrning birinchi choragida uning ustiga uncha mustahkam bo‘lmagan mudofaa devori barpo etilgan.
“O‘tgan oktabr oyida ushbu qazishmadan aniqlangan ikkinchi shahristondan g‘arbiy rabodga o‘tgan yer osti suv yo‘li va mudofaa devorlari, unga ishlatilgan xom g‘ishtlarning haqiqiy o‘lchamlari va g‘isht terish uslubi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur tadqiqotlar davomida devorning 1,2 metr balandlikdagi qismi ochib o‘rganildi. Uning ostidagi oldingi davrga oid mustahkam paxsali devor o‘rtasidagi masofa 0,8 metrni tashkil etgan.
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
© Agentstva kulturnogo naslediya
“Ushbu oraliq uncha zichlanmagan qatlamdan iborat. Qatlam asosan chiqindi, donachali tuproq, kamroq miqdorda pishgan va xom g‘isht bo‘laklari va tuproqdan tashkil topgan. Qatlamdan asosan XII asrning oxiri va XIII asr boshlariga oid sopollar aniqlandi”, — deydi arxeolog olim Shukrullo Nasriddinov.
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
© Agentstva kulturnogo naslediya
Qazishmalar davomida ko‘plab xum va ko‘zalar, sopol buyum va quvurlar, turli davrlarga oid tangalar ham topildi.
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
© Agentstva kulturnogo naslediya