Isroil-Falastin mojarosi

SAXAL HAMASning yer osti tunnellariga kirish imkoniga ega bo‘lganini ma’lum qildi

SAXALning bildirishicha, G‘azo sektori ostidagi HAMASning yer osti tunnellariga kirish imkoniga ega bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. G‘azo shimolidagi Isroil qo‘shinlari HAMASning yer osti tunnellariga “ko‘plab kirish nuqtalari”ni topdi. Bu haqida Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shimolidagi operativ harakatlar davomida ko‘plab kirish nuqtalarini (tunnellarga - tahr.) aniqladi”, — deyiladi armiya X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda.
Shanba kuni Isroil mudofaa kuchlari HAMASning o‘nlab jangarilarini yo‘q qilgani va G‘azo sektoridagi HAMAS infratuzilmasini vayron qilganini ma’lum qildi.