Isroil muammosi Baydenning saylovoldi guruhini ikkiga bo‘lib qo‘ydi — OAV

Axios: Baydenning saylovoldi tashviqoti guruhi Isroil masalasida bo‘linib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning saylovoldi guruhi Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha o‘sib borayotgan bo‘linishlarga duch kelmoqda. Bu haqida Sputnik radiosi Axios portaliga tayanib xabar berdi.
“Bayden o‘z saylovoldi kampaniyasida suyangan Demokratik Milliy Qo‘mita (DNC) ichidagi bo‘linishlar demokratlar o‘rtasidagi kattaroq avlodlar va siyosiy bo‘linishlarni aks ettiradi. Bu bo‘linishlar asosan isroilparast demokratlar va falastinliklarning ahvoliga ko‘proq xayrixoh bo‘lgan yosh progressivlar o‘rtasida”, — deyiladi nashrda.
Nashrga ko‘ra, qo‘mita xodimlarining ayrimlari Isroilning G‘azo sektoridagi zarbalari natijasida ko‘p sonli insonlar qurbon bo‘lganidan hafsalasi pir bo‘lgan va ulardan biri Baydenning Isroilni kuchli qo‘llab-quvvatlagani sababli iste’foga chiqish haqida o‘ylayotganini aytgan.
"Prezident o‘zining 2020-yilgi kampaniyasini "millat ruhi uchun kurashga" qaratdi, ammo ma’muriyat endi o‘z ruhi uchun kurashayotganga o‘xshaydi ... Falastinlik tinch aholining keng ko‘lamli o‘ldirilishini qo‘llab-quvvatlashni axloqsizlikdan boshqa narsa deb hisoblashingiz mumkinligini bilmayman", — dedi DNCning yuqori martabali rasmiysi nashrga.
Manbaga ko‘ra, ba’zi qo‘mita a’zolari Vashington ma’muriyati siyosatidan norozi bo‘lgan oddiy saylov kampaniyasi ishtirokchilarining xatlari va qo‘ng‘iroqlaridan qo‘rqishadi.
2024 yilgi saylov sikli "uzoq va mashaqqatli kampaniya bo‘lishini va’da qilmoqda va prezident buni yanada qiyinlashtirmoqda", dedi DNC yuqori lavozimli amaldori.