Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Qiyin bo‘ladi”: Ukraina QK Zelenskiyni yaqinlashayotgan falokatdan xabardor qildi

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari o‘q-dorilar yetishmasligi va haddan tashqari holdan toyganidan shikoyat qilmoqda, deyiladi materialda.
Sputnik
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumining janubiy yo‘nalishda imkoniyatlari qolmadi, deb xabar bermoqda Reuters amerikalik harbiy ekspert Maykl Kofman va Ukraina qurolli kuchlari askarlariga tayanib.
“Umuman olganda, Ukrainaning janubdagi hujumi yo butunlay to‘xtadi yoki tez orada shunday bo‘ladi”, - deydi tahlilchi Kofman.
Bundan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari jangchilari o‘q-dorilar yetishmasligi va haddan tashqari holdan toyganidan shikoyat qilmoqda, deyiladi materialda. Ukrainalik harbiylardan birining so‘zlariga ko‘ra, mojaroning keyingi bosqichi juda qiyin bo‘ladi.
“Biz charchadik <…> ular ko‘proq va ularda ko‘proq uskunalar bor”, - deb tan oldi Ukraina qurolli kuchlari askari.
Avvalroq Ukraina qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy mojaroning boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tan olib, “katta ehtimol bilan, chuqur va chiroyli yutuq bo‘lmasligini” aytgandi. Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, NATO darsliklariga binoan, Ukraina qurolli kuchlari Qrimga yetib borishi uchun to‘rt oy yetarli bo‘lishi kerak edi.