Madaniyat vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Madaniyat vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekiston Madaniyat vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Bahodir Majidovich Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Ministru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu naznachili zamestiteley
O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 30-oktabrdagi qaroriga asosan Avazxon Bahadirovich Tajixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Ministru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu naznachili zamestiteley
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho‘’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Ministru kulturi Uzbekistana Ozodbeku Nazarbekovu naznachili zamestiteley