Boks bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekiston terma jamoasi nechta medal qo‘lga kiritdi?

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligida 4 ta oltin, 7 ta kumush va 11 ta bronza, yoshlar esa 8 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Qozog‘istonda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z poyoniga yetdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Yigitlar o‘rtasida kechgan bellashuvlar O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tib, bokschilar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
V Kazaxstane podveli itogi molodejnogo chempionata Azii po boksu
Oltin medal:
-54 kg: Samandar Olimov;
-67 kg: Shavkatjon Boltayev;
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev;
-80 kg: Javohir Ummataliyev;
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov.
Kumush medal:
-60 kg: Sayat Ilyasov;
+92 kg: Shahzod Polvonov.
Bronza medal:
-48 kg: Muhammadg‘iyos Sobitxonov.
Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (yigitlar va qizlar) mazkur qit’a birinchiligida 4 ta oltin, 7 ta kumush va 11 ta bronza, yoshlar esa 8 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.