Dollar va rubl ko‘tarildi: 6-noyabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

So‘m xorijiy valyutalarga nisbatan arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 13,99 so‘mga qimmatlashdi va 12 254 so‘mni tashkil qildi. Yevro 44,27 so‘mga qimmatlashdi va 13 048,06 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,19 so‘mga ko‘tarildi va 131,78 so‘mni tashkil qildi.