UzAuto Motors avtomobillarning qo‘shimcha hajmi uchun shartnomalar ochilganini ma’lum qildi

Shartnomani onlayn tuzish imkoniyati mavjud.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Bugun, 3-noyabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning qo‘shimcha hajmi uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Chevrolet Cobalt, Captiva, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi.
Shartnomani onlayn tuzish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Gentra, Cobalt va Damas avtomobillari uchun shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar tarqalgandi. Shu bois avtosalonlarda katta navbatlar hosil bo‘lgandi.