Bulutli va iliq — Toshkentda 3-noyabr uchun ob-havo

Harorat kechasi +5-7 daraja iliq, kunduzi +18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +20 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-7 daraja iliq, kunduzi +18-20 daraja iliq bo‘ladi.