Toshkent aeroporti oldida ulkan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi - video

Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelganlarni endi balandligi 62 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i kutib oladi.
Sputnik
Toshkent xalqaro aeroporti ro‘parasida, yo‘l o‘tkazgichdan chiqishdagi aylana markazida O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi. Bayroq ustunining balandligi 62 metr, bayroq matosining o‘lchami esa 12x24 metr.
Katta bayroq atrofida balandligi 16 metr bo‘lgan 38 ta bayroq ustunlari o‘rnatilgan. Bu bayroqlar shaharda o‘tkaziladigan milliy yoki xalqaro tadbirlarga, xorijiy delegatsiyalarning tashrifiga qarab o‘zgaradi.