TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan gaz yetkazib berish boshlangandan buyon 300 million kub metr gaz olishga ulgurdi, shartnomaning barcha majburiyatlari bajarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Gazprom” bilan bo‘lgan barcha shartnoma majburiyatlari bajarilmoqda. 300 mln kub metrga yaqin gaz allaqachon kelib tushdi”, - dedi Mirzamahmudov Samarqanddagi XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumida tegishli savolga javob berayotib.
7 oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Qosim-Jomart Tokayev ishtirokida "Gazprom" tomonidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishga start berildi. Yaqin ikki yilda Rossiya Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beradi.
"Gazprom" Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berishni hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlarni, jumladan, "Buxoro-Ural" gaz quvurini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, kompaniya Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan uzoq muddatli 15-yillik hamkorlikni muhokama qilayotganini ma’lum qilgan.
Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi Italiyada (Verona) 2007-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2022-yilda Ozarbayjon tadbirning mezbon mamlakati edi.