Mirziyoyev Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

Tashkilot doirasida o‘zaro hurmat, ishonch va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash, birgalikda turli to‘siqlarni samarali yengib o‘tish bosh maqsadimizdir, dedi Mirziyoyev.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. Prezident bu fikrni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqida ilgari surdi.
“Tashkilot doirasida o‘zaro hurmat, ishonch va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash, birgalikda turli to‘siqlarni samarali yengib o‘tish bosh maqsadimizdir. Shu munosabat bilan turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish zarur deb hisoblayman”, - dedi Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkazilmoqda.