Tinch okeani uzra “Minuteman” portlashi – AQSh strategik yadroviy kuchlari tanazzuli nishoni

“Minuteman III”ning yana bir bor nishonga yetib bora olmagani Pentagon muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganini aks ettiradi.
Sputnik
“Minuteman III” qit’alararo ballistik raketasi sinovlar chog‘ida 1-noyabr kuni Amerikaning Vandenberg (Kaliforniya shtati) harbiy bazasidan uchirildi va ko‘p o‘tmay Tinch okeani ustida “kutilmagan anomaliya tufayli” portlab ketdi.
Uchirishdan oldin Pentagan ma’lum qilgan ediki, “Minuteman III” sinovlari “strategik xavfsizlik tizimning ishonchligini tasdiqlashi” va “ruslarga javob” bo‘lishi shart. Bunda shuni inobatga olmoq kerakki, 25-oktabr kuni Rossiya strategik kuchlarining dushmanning ehtimoliy yadroviy hujumiga javoban mashqlari chog‘ida ballistik va qanotli raketalar muvaffaqiyatli uchirilgan edi. 1-noyabrdagi sinovlar yakuni Amerika strategik yadro kuchlarining ishonchligiga katta shubha uyg‘otdi. Pentagonning javobi ishonchsiz.
“Minuteman III” qit’alararo ballistik raketasi Tinch okeaniga birinchi marta qulayotgani yo‘q. Xususan, 2022-yil iyulida qit’alararo raketa uchirilgandan bir necha soniya o‘tib ishdan chiqdi. 2021-yilda aniqlanmagan sabablarga ko‘ra raketa yerda bo‘lgan paytdayoq sinov tariqasi uchirish to‘xtatilgan. 2018-yilda raketaning Tinch okeani ustidagi “anomal” parvozi to‘xtatilgan. XXI asrdagi “Minuteman III” sinovlarining yarmi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan, va bu ajablanarli emas. Raketa 1970-yildan buyon foydalanishda, uning yoshini modernizatsiyalar bilan yoshartirib bo‘lmaydi.
Pentagon beshta shtat hududida joylashtirilgan 400 ta parvoz masofasi 13 000 km bo‘lgan “Minuteman III” qit’alararo ballistik raketasiga ega. Har bir 39 tonnalik raketa og‘irligi 1,1 tonna bo‘lgan bitta kallak bilan jihozlangan. Bu AQSh yadro uchliginig asosiy va eng zaif bo‘g‘inidir.
AQSh Strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard avvalroq Senat va Oq uy ma’muriyatini ogohlantirgandi: “Siz “Minuteman III” umrini uzaytiri olmaysiz... raketalar shunchalik eski, ular konstruktorlari allaqachon olamdan o‘tgan, amaldagi muhandislar esa hatto zaruriy texnik hujjatlarga ega emas”. O‘rnini almashtirishning fursati yetgan.

Qit’alararo ballistik raketalar kuchi taqqoslashda aniqlanadi

“LGM-35 Sentinel” qit’alararo ballistik raketalar yangi tizimini “Northrop Grumman va Lockheed Martin” korporatsiyasi ishlab chiqmoqda. Loyiha qiymati – 256 milliard dollar. Bosh qismini ishlab chiqarishni boshlash va “LGM-35 Sentinel” operativ tayyorligiga erishish 2039-yil oktabrida mo‘ljallangan – amerikaliklarning Rossiyaning raketaga qarshi S-500 "Prometey" va boshqa havo hujumidan mudofaa tizimlari muvaffaqiyatiga erishishda texnologik muammolarni hal etmaganini inobat olib, uning istiqboli uzoq va noaniq.
Strategik yadro qurollarini takomillashtirish borasida Rossiya Amerikadan o‘n yillarcha o‘zib ketgan. Rossiyaning “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi va Amerikaning muqobil “Minuteman III” raketasini taqqoslash AQShning texnologik ustunligi haqidagi gap-so‘zlar qanchalik bo‘rttirib yuborilganini fahmlashga imkon beradi.
Parvoz massasi 210 tonna bo‘lgan bitta “Sarmat” Yer sharining har qanday qutbi orqali 7,5 yadro megatonnani eltish va agressor davlatning 35 milliondan ziyod fuqarosini yo‘q qilishga qodir. 10 ta bunday raketa esa har qanday mamlakatni butunligicha yo‘q qiladi. Qit’alararo ballistik raketaning jangovar diapozoni ancha kengaytirilgan, “Avangard” gipertovushli bloklari 28 Max (33 ming km/soatgacha) tezlikgacha rejalashtirishi mumkin.
“Minuteman III” nisbatan texnologik muvaffaqiyat uncha yuqori. AQSh ilg‘or qurol-aslaha ishlab chiqishda surunkali ortda qolmoqda.
“Sarmat” jangovar qudrati va mukammalligi bilan afsonaviy “Voyevoda” qit’alararo ballistik raketasini ortda qoldirdi.
Amerika “reaktiv tish kavlagichi” Rossiya “Sarmatiga” raqobatchi emas, ammo AQShning yadroviy uchligining boshqa qismlari ham mukammal bo‘lishigacha ancha bor.
Modernizatsiya qilingan Vyetnam urushi faxriysi “B-52 Stratofortress” 70 yoshdan oshib qoldi. “B-1 Lancer” og‘ir bombardimonchilar 1985-yildan buyon foydalanishda, yadro quroliga ega emas va texnik muammolarga ko‘ra 90 foizga jangovar holatga tayyor emas.
Yigirmatacha “B-2 Spirit” bombardimonchilari (har biri 2 milliard dollardan) 40-yil ilgari Moskva bo‘ylab yadroviy zarba berish uchun yasalgandi, biroq ular o‘ta tannoz. “Lanser" va "Spirit"lar tez orada safdan chiqariladi va yangi “B-21 Raider” strategik bombardimonchilari ularning o‘rnini bosmaydi, chunki hali qurilmagan va shunchaki prototip. Vaqt o‘tishi bilan AQSh yadro uchligi (Fransiya va Britaniyada bo‘lgani kabi) yo‘q bo‘lishi mumkin. “Ohio” va “Columbia” suvosti kemalaridagi “Trident II D5” qit’alararo ballistik raketalar qoladi xolos.
Rossiya Strategik yadro kuchlarining SNV-3 shartnomasiga ko‘ra (Rossiya hozircha amal qilayotgan) oxirgi ostonasi – joylashtirilgan 700 ta qit’alararo ballistik raketalarning ishga tushirish qurilmalari va 1550 ta jangovar blok. Ulardan 60 foizi doimiy shaylikdagi strategik ahamiyatdagi raketa qo‘shinlari shaxta va mobil komplekslari. Rossiya strategik yadro kuchlarining zamonaviy yuqori texnologiyali darajasi 83 foizdan ziyod.