Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: so‘nggi haftaning asosiy voqealari

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta 28-oktabr — 3-noyabr davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti: 28-oktabr-3 noyabr

Uzoq masofali guruhli zarbalar. 28 oktabrdan 3-noyabrga qadar Rossiya Qurolli Kuchlari UQKning raketa va artilleriya omborlari, qurol-yarog‘ va harbiy texnika saqlanadigan joylar, shuningdek, ukrainalik harbiylar, millatchilar va chet ellik yollanma askarlar vaqtincha joylashtirish joylariga yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz apparatlar yordamida 15 marotaba guruhli zarbalar berdi.
Zarbalar natijasida Ukraina samolyotlarini parvozga tayyorlash angarlari, uchuvchisiz apparatlari va ekipajsiz katerlar ishlab chiqarish maydonchalari, chet ellik instruktorlar va yollanma askarlar guruhlari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi dushmanning 24 ta qarshi hujumlarini qaytardi va yanada qulayroq pozitsiyalarni egallab oldi. Sinkovka, Ivanovka, Timkovka aholi punktlari hududlarida UQKning 25-havo desant, 14 va 115-mexanizatsiyalashgan, 95-havo hujumi brigadasi shaxsiy tarkibi va texnikasiga aviatsiya va artilleriya zarbalari berildi.
Ushbu yo‘nalishda dushman bir hafta davomida 755 dan ortiq harbiy xizmatchi (yaralangan va qurbonlar) , 7 ta tank, sakkizta zirhli jangovar texnika, 17 ta texnika, 16 ta dala artilleriyasi, shuningdek, ikkita ko‘p raketali jangovar texnikani tashkil etdi. Shuningdek, UQKning ikkita dala o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi Vodanoe, Leninskoe va Yampolovka aholi punktlari hududlarida UQKning 24, 63 va 67chi mexanizatsiyalashgan brigadalarining 20 ta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 920 dan ortiq harbiy xizmatchilarni, 3ta tank, 14 ta zirhli jangovar texnikani, 19 ta texnikani va beshta boshqa qurolni tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Kurdumovka, Klesheyevka va Marinka aholi punktlari hududlarida UQKning 28, 67 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalarining oltita hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 1340 dan ortiq harbiy xizmatchilarni, 7ta tankni, 22 zirhli jangovar texnikani, 22 ta texnikani, 19 ta dala artilleriyasini va to‘rtta ko‘p raketali jangovar texnikasini tashkil etdi. Shuningdek, o‘q-dorilar va harbiy texnika saqlanadigan ikkita ombor vayron qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida Rossiya bo‘linmalari Vodanoe va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 118-hududiy mudofaa brigadasining 4ta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 1110 dan ortiq harbiy xizmatchi, 7 ta tank, 11 ta zirhli jangovar texnika, 28 ta mashina, to‘qqizta dala artilleriyasi va ko‘p raketali reaktiv tizimlarni tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Verbovoe va Rabotino aholi punktlari hududlarida UQKning 33-mexanizatsiyalashgan va 71-yeger brigadasining 8ta hujumni qaytardi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari hafta davomida 760 dan ortiq harbiy xizmatchi, to‘rtta tank, 26 zirhli jangovar mashina, 27 ta mashina, 14 dala artilleriya quroli, shuningdek, ko‘p raketali jangovar mashinasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida Rossiya artilleriyasi hujumlarni oldini olish harakatlari natijasida dushmanning Dneprning chap qirg‘og‘iga joylashib olishga urinishlari barbod etildi. Taginka va Ivanovka aholi punktlari hududlarida UQKning 35 va 37-dengiz piyodalari brigadalari bo‘linmalariga zarba berildi. Dushmanning yo‘qotishlari 550 tagacha harbiy xizmatchi, 11 ta dala artilleriyasini, 40 ta texnikasini va 35 ta suv kemasini yo‘qotdi.
Bir hafta davomida Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari va havo mudofaa tizimlari U havo kuchlarining 10 ta samolyoti va bitta vertolotini, jumladan: beshta Mig-29, uchta Su-27, bitta Su-25 hujumchi samolyoti, bitta L-39 o‘quv samolyotini shuningdek, Mi-8 vertolotini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, to‘rtta ATACMS operativ-taktik raketasi, uchta JDAM boshqariladigan bomba, uchta HARM antiradar raketasi, 51 ta HIMARS ko‘p raketa tizimi va 274 ta uchuvchisiz uchish apparati tutib olindi.
Bir hafta ichida 28 nafar ukrainalik askarlar ixtiyoriy ravishda Rossiya qo‘shinlariga taslim bo‘lishdi. Joriy yilning 1-noyabr kuni o‘n beshta ukrainalik harbiy xizmatchi o‘z qo‘mondonligining buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan holda "Sharq" qo‘shinlari bo‘linmalaridan biriga ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 525 ta samolyot, 254 ta vertolot, 8586 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 13135 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1177 ta ko‘p raketali tizimlari, 6967 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14923 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.