Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani tezlashtirish bo‘yicha platforma ishga tushiriladi

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Kecha, 2-noyabr kuni, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ko‘magida tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining amalga oshirilishini jadallashtirish bo‘yicha Mintaqaviy konferensiya” bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul davlat idoralari rahbar va xodimlari, xalqaro va nodavlat tashkilotlarning yetakchi ekspertlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Mintaqaviy platformaning maqsadi Platforma ishida ishtirok etuvchi mamlakatlar tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.