TOShKENT, 3 noya — Sputnik. YeOIIda tashqi elektron savdoni takomillashtirish maqsadida maxsus organ tashkil qilinmoqda. Bu haqida YeIKning Bojxona qonunchiligi va ijro amaliyoti departamenti direktori o‘rinbosari Tatana Dubrovskaya Xalqaro bojxona forumi doirasida ma’lum qildi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, YeOIIda xorijiy onlayn platformalarda sotib olingan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bilan alohida tashkilot shug‘ullanadi.
Yangi reglament jarayonni professionallashtiradi va yakuniy iste’molchi uchun qulaylik yaratadi. U o‘z xaridlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazmasdan va hech qanday qo‘shimcha harakatlar qilmasdan o‘z vaqtida oladi. Xorijda sotib olingan tovarlarni kuzatib borish va bojxona organlari oldida javobgarlikni yangi ishtirokchi — Elektron savdo operatori o‘z zimmasiga oladi. Biz operator, bojxona va xaridor o‘rtasida hamkorlik doirasini belgilab oldik", — dedi Dubrovskaya davra suhbatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona organlariga transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi, shu bilan birga, mamlakatlarimiz aholisi va iqtisodiyoti xavfsizligi va himoyasini ta’minlaydigan zamonaviy yondashuvlar zarur.
Elektron savdo operatori — YeOIIda bojxona faoliyatini tartibga solish sohasida yangi yuridik institut bo‘lib, u jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy internet-savdo platformalarida xarid qilinadigan tovarlar logistikasi, bojxona deklaratsiyasi va rasmiylashtiruvini kompleks ta’minlaydi. Elektron savdo operatorini tashkil etish YeIK Kengashi tomonidan 2023-yil 23-iyun kuni ma’qullangan edi.