YeI Rossiyaga qarshi urushda yangi ittifoqchilar topishga urinmoqda

Afrika tabiiy resurslaridan mahrum bo‘lgan Fransiya Markaziy Osiyodan uran va boshqa boyliqlar sotib olishga harakat qilmoqda. Makronning safari bu borada qanday natijalar berishi mumkin?
Sputnik
Ukrainadagi "Anti-Rossiya" loyihasining qulashi, G‘arbiy Afrikadagi neokolonial siyosat barbod bo‘lishi, Rossiyani iqtisodiy va siyosiy cheklashga qarshi urinishlari foyda bermaganidan so‘ng Yevropaning "namoyishchi nimchalari" — xuddi shu maqsadlarda — Markaziy Osiyoga kirishga urinishmoqda.
Razvedkaga, o‘z mamlakatida 70% saylovchilar ishonmaydigan, Makronni jo‘natishdi. U yer har holda Parijdan va uning salbiy kun tartibi, inflyatsiyasi, qashshoqlashib borayotgan aholisi, burgalari va boshqa muammolaridan uzoqroq.
Yelisey saroyi egasi chorshanba va payshanba kunlarini Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U yerda u jilmayib o‘zini yaxshi ko‘rsatishga urindi, lekin Fransiyaning asl munosabatini yaqinda fransuz matbuotida chop etilgan maqoladan bilsa bo‘ladi. U yerda ushbu ikkala davlat ham "avtokratik" deb atalgan va inson "huquqlari buzilishi", "asosiy erkinliklarning yo‘qligi" qayd etilgan. Ammo konsepsiya o‘zgardi, to‘g‘rirog‘i, o‘zgartirildi va endi boshqa lug‘at va uzluksiz tabassumlar qo‘llanilmoqda.
Xo‘sh, Makron minglab kilometrga uchishi va muzokaralar o‘tkazishiga nima sabab bo‘ldi?
Parij Afrikadan zarba oldi. U yerda fransuz sanoat korxonalari tabiiy resurslardan foydalanishi jiddiy cheklandi yoki butunlay mahrum qilindi. Fransiyaning shundoq ham og‘ir ahvoldagi sanoatiga bularning barchasi juda zarur va imkon qadar tezroq.

Ehtimol, ushbu tashrifni tayyorlaganlar, Qozog‘istonda uran ham bor, noyob metallar ham bor va bu ma’noda u Rossiyaning o‘rnini bosishi mumkin deb o‘ylagandir. Har holda tashrif oldidan Yevropa matbuoti ushbu hamkorlik istiqbollarini rang ba rang jilolar bilan tasvirlagana va ora-orada Ostonani ham maqtab qo‘yishni unutmagan edi.

Aftidan, Fransiya tashqi ishlar vazirligi ko‘p narsadan xabardor emas. Yarim yil oldin hamkasbim Sergey Savchuk Rossiya va Qozog‘istonni atom energetikasi sohasida qanday aloqalar bog‘langanini batafsil tushuntirib bergan edi.
Fransiya, haligi anekdotlagi kabi, "Moskva va Ostona bilan ruhan" faqat birga bo‘lishi mumkin. Chunki joziba - o‘z yo‘liga, real shartnomalar, o‘zaro manfaatli hamkorlik — bu boshqa narsa. Hech bir aqlli siyosatchi oddiy xushmuomalalik uchun o‘zi manfaatlarini qurbon qilmaydi.
Makron O‘zbekistonda ham xuddi shunday harakatlar bilan o‘z maqsadiga erishishga harakat qildi. Ammo bu yerda ham Parijning rejalari, o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarini buzish niyati, kutilgandek, fiasko bilan yakunlandi.
Siz, albatta to‘g‘ri so‘zlarni topishingiz, xayrixohlik bilan tabassum qilishingiz va taraqqiyot va demokratiya haqida gapirishingiz mumkin. Lekin ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, sizning so‘zlaringizga qiziqish juda kam bo‘ladi.
Qo‘lingizda muhim va ishonchli kuzir yo‘q bo‘lsa, Yevropaga bugun Markaziy Osiyo nima uchun kerak?
Javobni soddalikda gumon qilish qiyin bo‘lgan Politico nashridan topish mumkin. Maqola sarlavhasi hammasini ochiqlaydi: “Makron yangi do‘stlar va uran izlab Putinning orqa hovlisiga qo‘ndi”.
Ko‘rinishidan, Politico nashrida unchalik malakali odamlar ishlamaydi, aks holda, ular "mening tilim mening dushmanim" ekanligini bilgan bo‘lardi va o‘z tilidan yaqqol neokolonializm hidi kelib turgan so‘zlarni olib tashlagan bo‘lardi. Rossiya bilan eng uzun chegara bilan bog‘langan Qozog‘iston ham, do‘stona munosabatda bo‘lgan O‘zbekiston ham hech kimning "orqa hovlisi" emas.
Bu respublikalar mamlakat ichida va tashqarisida mustaqil siyosat yurituvchi suveren va mustaqil davlatlardir. MDH mavjud bo‘lgan o‘ttiz yil davomida Rossiya ularga hech qachon vassal sifatida qaramagan.
Yevropada esa munosabatlar boshqacha, u yerda hamma teng huquqli, lekin kimningdir huquqlari "tengroq", sheriklar ham katta va kichikka bo‘lingan.
Bu kabi g‘oyalarni ommaga e’lon qilayotgan siyosatchilar ham OAV ham o‘zlarining asl maqsadlarini fosh qilayotganidan bexabar. Axir ularninga qizg‘ish rangli neokolonial jingalaklari barcha sog‘lom fikrli siyosatchilarga nafaqat ko‘rinib qolgan, balkim joniga ham tegib ulgurgan. Makron ko‘p sonli yirik tadbirkorlardan iborat delegatsiyalarini olib kelishi mumkin, ko‘plab va’dalar berishi mumkin, ammo fransuzlarning o‘zi ishonmaydigan odamning so‘zlariga kim quloq soladi?
Shunday ekan, Yevropa Rossiyaga qarshi olib borayotgan urushda yangi ittifoqchilar topishga qaratilgan bu urinish hammaning ko‘z oldida barbod bo‘ldi.