TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zgidromet dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, bu haftaning birinchi yarmida yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va sovuqdan so‘ng hafta oxiriga kelib O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytib keldi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari +19...+24 daraja, janubda
+25...+27 darajagacha bo‘ladi.
+25...+27 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda 3-5 noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +7...+10 daraja, kunduz kunlari +20...+23 daraja bo‘ladi.