TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qozog‘iston mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Yigitlar o‘rtasidagi janglarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 8 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar nihoyasiga yetdi.
Medallarga ega chiqqan bokschilar:
Kumush medal:
-54 kg: Shahbozbek Ergashev;
-60 kg: Sardorbek Saidakbarov.
Bronza medal:
-46 kg: Behruz Qurbonov;
-52 kg: Ibrohim G‘iyosov;
-57 kg: Suhrob Rahmatullayev;
-63 kg: Shohjahon Alisherov;
-70 kg: Muhammadsaid G‘ulomov;
-75 kg: Norbek Abdullayev;
-80 kg: Jahongir Ergashev;
+80 kg: Muhammadrizo Alijonov.
Bugun yoshlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.