Dollar tushdi, rubl va yevro ko‘tarildi — 3-noyabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 8,99 so‘mga arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,99 so‘mga arzonlashdi va 12 240,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 82,32 so‘mga qimmatlashdi va 13 003,79 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,06 so‘mga ko‘tarildi, 131,59 so‘mni tashkil qildi.