Toshkent shahrida isitish mavsumi 6-noyabrdan boshlanadi

Ta’kidlanishicha, 3-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Joriy yil 6-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Muhtaram fuqarolarimizning ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 3-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi”, - deyiladi xabarda.

Issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biron-bir muammo va nosozliklar aniqlansa 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga yoki hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilish so‘ralgan.