TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Sentabr oyi oxirida Rossiyaning oltin zaxiralari rekord darajadagi 2,36 ming tonnagacha oshdi, Moskva bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda qolmoqda. Bu haqida RIA Novosti jahon markaziy banklari ma’lumotlari tahliliga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, sentabr oyida Rossiya oltin zaxiralarini 2 foizga yoki 44 tonnaga oshirib, 2,36 ming tonnaga yetkazdi. Bu uning butun zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Shu bilan birga, sentabr oyi oxirida oltin narxining keskin pasayishi tufayli ushbu qimmatbaho metalga investitsiyalar 3 foizga – 140,5 milliard dollargacha qisqardi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq rekordchilar 8,1 ming tonna oltin bilan AQSh hisoblanadi. Germaniya 3,35 ming tonna bilan ikkinchi o‘rinda. Birinchi uchlikni Italiya 2,45 ming tonna bilan yakunladi. Fransiya 2,4 ming tonna ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Eng yirik oltin zaxiralariga ega davlatlar o‘nligiga, shuningdek, Xitoy (2,2 ming tonna), Shveysariya (1 ming tonna), Yaponiya (846 tonna), Hindiston (801 tonna) va Turkiya (675 tonna) kiradi.