Rossiya bug‘doy eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Rossiya Qishloq xo‘jalik vazirligi qattiq bug‘doy eksportini yarim yilga taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat hududidan qattiq bug‘doy eksportini vaqtincha taqiqlashni taklif qildi. Bu haqida normativ-huquqiy hujjatlar portalida hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan.

“Rossiya Federatsiyasidan 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 31-maygacha, shu jumladan, qattiq bug‘doy eksportini vaqtinchalik taqiqlash belgilansin. YeOII tovar kodlari bo‘yicha:1001 11 va 1001 19", — deyiladi hujjat loyihasi matnida.

Qonunda bir qator istisnolar ham ko‘zda tutilgan: xususan, ushbu taqiq hukumatlararo kelishuvlar doirasida hamda gumanitar yordam maqsadlarida Rossiyadan qattiq bug‘doy eksportiga taalluqli emas.
Shuningdek, ushbu taqiq qattiq bug‘doyni Rossining xorijdagi harbiy bazalari, Shpisbergen arxipelagidagi va Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi Rossiya tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalari va Ittifoq tarkibidagi Belarusga olib chiqish uchun ham qo‘llanilmaydi.