“O‘zbekiston havo yo‘llari” Istanbul aeroportidagi parvozlarni davom ettirmoqda

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” va boshqa aviakompaniya samolyotlari Istanbul xalqaro aeroportidagi parvozlarini o‘z rejasiga binoan davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroportida "Turkish Airlines" aviakompaniyasining barcha reyslari bekor qilingandi. Aviakompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish tizimida nosozlik bo‘lgani ma’lum qilingandi.