O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi — ro‘yxat

Prezidentlar huzurida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Prezidentlar huzurida moliya, ta’lim, madaniyat va ikki tomonlama hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Imzolangan hujjatlar:
“Samarqand Fransuz Alyansi”ni tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha hukumatlararo moliyaviy bayonnomalar (1- va 2-bosqichlar);
O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi va “PROPARKO”ni tashkil etish va ularning faoliyati to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bayonnoma;
madaniy meros sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
professional va texnik ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda "SUEZ" va "Bouygues" kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiyalar imzolandi.