Isroil-Falastin mojarosi

O‘zbekiston Falastin xalqiga 1,5 million dollar ajratadi — hujjat

Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million dollar ajratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million dollar ajratadi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Prezident Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko‘rsatish tadbirlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu maqsadda Agentlikka gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million dollar ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdam ekanini qat’iy bildirgan edi va uning BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi.