“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Markaziy Osiyo dunyodagi gidroenergetika salohiyatining 25 foizdan kamrog‘i rivojlangan sanoqli hududlardan biridir. Ayni paytda viloyatda 80 dan ortiq GES mavjud bo‘lib, ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati qariyb 14 ming MVtni tashkil etadi. 2035-yilgacha bo‘lgan davrda mavjud gidroelektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish hisobiga hududda GESlar quvvatini 8900 MVtga oshirish rejalashtirilgan", - dedi Podguzov.
Podguzovning aytishiga ko‘ra, YeOTB yaqin 3-yilda Markaziy Osiyo suv-energetika kompleksini rivojlantirishga 400 million dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Joriy yilda YeOTB Qirg‘iziston Respublikasida quvvati 100 MVt bo‘lgan Qulanak GES qurilishini moliyalashtirishni boshladi va boshqa gidroenergetika loyihalari, jumladan, Markaziy Osiyodagi eng yirik GES – Qambarota GES-1 va Rog‘un GESni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy tashkilotdir. 17-yildan ortiq vaqt mobaynida YeOTB o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali — 7 mlrd. Bank portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.