TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) transport vazirlarining o‘n ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning yakuniga ko‘ra, qator muhim hujjatlar, jumladan, Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Uchrashuv sermazmun o‘tdi. Muhim qarorlar, jumladan, bu uchrashuvning yakuniy hujjati – Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu transport aloqasi sohasida IHTda mintaqaviy hamkorlikning barcha muhim yo‘nalishlarini qamrab oluvchi keng ko‘lamli hujjat”, - dedi O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov.
Mahkamov IHTga a’zo mamlakatlarning transport sohasida hamjihatligi, shubhasiz, tashkilotning transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlashning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
IHT bosh kotibi Xusrav Nosiri yig‘ilish yakuni bo‘yicha muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan imzolangan hujjatlarni ma’lum qildi.
“Xususan, O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston transport vazirlari Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo mamkatlariga chiqish imkonini beradigan trasport yo‘lagida yuk tashishni rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar tomonidan Samarqand aeroportiga IHTning mintaqaviy aviatsiya xabi maqomini berish taklifi ma’qullandi. A’zo mamlakatlar transport vazirlari darajasida O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Turkiya transport yo‘lagini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi”, - IHT bosh kotibi.
Noziri 9-noyabr kuni IHT a’zo mamlakatlar Toshkentda 9-noyabr kuni tashkilotning o‘n oltinchi sammitida yig‘ilishini ma’lum qildi. Sammit prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.