Boks: o‘zbekistonlik o‘smir qizlar Osiyo chempionatida o‘n ikkita medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘smir qizlar 4 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari Qozog‘istonning Ostona shahrida tashkil etilgan Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Ayni paytga kelib, o‘smir qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Shiddatli kurashlarga boy bellashuvlarda o‘zbekistonlik o‘smir qizlar 4 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin medal:
-46 kg: Maftuna Musurmonova;
-57 kg: Sevara Mamatova;
-75 kg: Maftuna Yangiyeva;
+80 kg: Sobirahon Shahobiddinova.
Kumush medal:
-50 kg: Robiya Ravshanova;
-52 kg: Muslima Turg‘unova;
-54 kg: Zuhro Rustamova;
-63 kg: Aselya Tulegenova;
-80 kg: Ruhshona Parpiyeva.
Bronza medal:
-48 kg: Bahora Abduraimova;
-60 kg: Ruhshona Shakarova;
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva.
Kechki dasturda o‘smir yigitlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkaziladi.