Xitoy O‘zbekistonga mis xomashyo mahsulotlarini yetkazib bermoqchi

Xitoyning ko‘plab kompaniyalari kombinat bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Xitoy O‘zbekistonga mis xomashyo mahsulotlarini yetkazib bermoqchi. Bu haqida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyning ko‘plab kompaniyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda.
Xitoyning "TBEA Company Limited" kompaniyasi boshqaruv raisi Chjan Xin boshchiligidagi delegatsiya OKMKga tashrif buyurdi. Unda kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi.
Xitoyning TBEA Company Limited kompaniyasi boshqaruv raisi Chjan Xin boshchiligidagi delegatsiya OKMKga tashrif buyurdi.
Shuningdek, mehmonlar Qalmoqqir koni, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Elektr tarmoqlari boshqarmasining energota’mir sexi hamda Mis eritish zavodidagi texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. Bundan tashqari, yangi barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining qurilish jarayonini ham ko‘zdan kechirishdi.
Xitoyning TBEA Company Limited kompaniyasi boshqaruv raisi Chjan Xin boshchiligidagi delegatsiya OKMKga tashrif buyurdi.
“Muzokaralar davomida kompaniya boshqaruv raisi Chjan Xin tomonidan mis xomashyo mahsulotlarini yetkazib berish, misdan yangi turdagi kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni eksport qilishga tayyor ekanliklari bildirildi”, — deyiladi xabarda.
Xitoyning TBEA Company Limited kompaniyasi boshqaruv raisi Chjan Xin boshchiligidagi delegatsiya OKMKga tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, "TBEA Company Limited" kompaniyasi 1993-yilda tashkil topgan bo‘lib, u Chanszi shahrida joylashgan. Kompaniya transformatorlar, avtomatlashtirish terminallari tarqatish tarmoqlari, simlar, kabellar, zaradlovchilar, quvvatni boshqarish tizimlari, invertorlar va quyosh elektr stansiyalari uchun uskunalar, kremniy chiplari, polisilikon, alyuminiy folga va profillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Kompaniya shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshiradi, ko‘mir va oltin qazib oladi, issiqlik elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
2022 yilda kompaniyai 12,5 mlrd dollarlik mahsulot ishlab chiqarib, 1,9 mlrd dollar sof foyda ko‘rgan.