“Tor-M1 zenit-raketa majmuasi ekipaji jangovar navbatchilik paytida dushmanning uchuvchisiz apparatlari hujumini aniqladi. Qo‘shinlar pozitsiyalari va qo‘mondonlik punktlarini himoya qilish uchun ZRM ekipaji dushman kamikadze dronini 300 millimetrli boshqariluvchi zenit raketalari bilan yo‘q qilishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
Tor-M1 — samolyot, vertolot, uchuvchisiz apparatlar, raketa va boshqa o‘rta, past va o‘ta past balandliklarda va murakkab havo sharoitlarida uchuvchi aerodinamik nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi.
Tor-M1ning taktik-texnik xususiyatlari
Jangovar mashina og‘irligi — 37 tonna, ekipaji — 4 kishi. Maksimal tezligi — 65 km/soat, yurish uzoqligi — 500 km. Jangga shay bo‘lish vaqti — 3 daqiqa.
Zarba berish uzoqligi — 1,5-12 km, balandligi 0,1-6 kmni tashkil qiladi. Raketalar soni — 8 ta. Raketa jangovar kallagi og‘irligi — 15kg.