ShHTga a’zo davlatlarning transport forumida qanday hujjatlar imzolandi?

ShHTga a’zo davlatlarning Transport forumi doirasida hujjatlar imzolash va almashish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlarning Transport forumi doirasida hujjatlar imzolash va almashish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov, Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev va Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev o‘rtasida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport yo‘lagini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi almashildi.
Shuningdek, transport vaziri Ilhom Mahkamov, Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev va Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev “Rossiya – Kaspiy dengizi – Turkmaniston – O‘zbekiston – Qirg‘iziston” xalqaro multimodal transport koridorini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Centrum Solutions MChJ va Global Ports Services o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini esa Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov va PSA International kompaniyasining Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Mayk Farmoso imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, 1-noyabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi ish boshladi.