TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Tashrif davomida Qur’on tilovat qilindi, Allohdan O‘zbekiston halqi uchun tinchlik-osoyishtalik va xayru baraka tilab duo qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Prezident bo‘lajak pardozlash namunalarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyeving 2019-yilgi tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinishi hamda majmua hududida 4 minorali, 8 ming o‘rinli hashamatli masjid qurilishi xabar berilgan edi.
Undan tashqari, majmua atrofida mahalliy va xorijlik ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy mehmonxonalar maishiy xizmat shoxobchalari qurilishi ham belgilangan edi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana