O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi, deya xabar berdi Assotsiatsiya matbuot xizmati.
Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda o‘zaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatda o‘tkazildi.
Qit’a miqyosidagi turli saralash bahslari, klublar o‘rtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida O‘FA faollik ko‘rsatdi.

“Ushbu sa’y-harakatlar OFK tomonidan munosib e’tirof etildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur nominatsiyada Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari ko‘rsatilgan.
Abbosbek Fayzullayev SSKAning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi