TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Nishon tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Tog‘ayev Botir Normahmadovich Nishon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Xalq deputatlari Nishon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Tog‘ayev Botir Normahmadovichni Nishon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Botir Tog‘ayev 1976-yilda Kitob tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Tayinlovga qadar qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U ilgari Qamashi tumani hokimi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan.