TOShKENT, 1 noya — Sputnik. NATO yangi turdagi qurol-yarog‘ yetkazib berayotganiga qaramay, Kiyev mag‘lub bo‘lmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“NATOning yangi turdagi qurol-aslahalari yetkazib berilayotganiga qaramay, Kiyev rejimi mag‘lubiyatga uchramoqda. Rossiya qo‘shinlari guruhi dushmanga samarali zarba berib, faol mudofaani davom ettirmoqda”, - dedi Shoygu vazirlik yig‘ilishida.
Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina armiyasi Zaporojye, Donesk va Xerson yo‘nalishlarida umidsizlik bilan va muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinmoqda. Bu Ukraina armiyasidagi katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda.
“Ukraina Qurolli kuchlarining kuchi tugab borapti, shaxsiy tarkibning ruhi cho‘kmoqda”, - deya qayd etdi Shoygu.
Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari olg‘a siljib, maqbul pozitsiyalarni egallamoqda.
Shoygu Rossiya kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimi samarali ishlayotganini ham qayd etdi. O‘tgan oy davomida dushmanning 1400 tadan ziyod havo hujumi, jumladan, 37 ta samolyot va 6 ta ATACMS raketasi yo‘q qilingan.
Ukraina 4-iyundan buyon Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida qarshi hujum uyushtirib, jangga NATO tayyorlagan brigadalarga tashlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaganini ta’kidlagandi. Rossiya esa maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish yo‘lida xotirjam bormoqda va uning vazifalari bajariladi.