Bog‘chalarda xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish muhokama qilindi

Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Xitoyning Favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun bilan uchrashdi
Xitoy elchisiga 2017-yildan buyon O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, shuningdek, ushbu jarayonlarda Maktabgacha ta’lim agentligining roli va o‘rni borasida ma’lumot berildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Xitoyning Favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sostoyalas vstrecha Pervogo zamestitelya ministra doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya – Direktora Agentstva doshkolnogo obrazovaniya A. Shin s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom KNR v Respublike Uzbekistan Yuy Szun
Maktabgacha ta’lim agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Xitoy elchisiga 2017-yildan buyon O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, shuningdek, ushbu jarayonlarda Maktabgacha ta’lim agentligining roli va o‘rni borasida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Xitoy tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni yangilash, xususan, Toshkent shahridagi 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish, ta’lim jarayoniga raqamli kontentni joriy etish, didaktik materiallarni ishlab chiqishda innovatsion yechimlardan foydalanish va bu boradagi masalalar muhokama qilindi.
Sostoyalas vstrecha Pervogo zamestitelya ministra doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya – Direktora Agentstva doshkolnogo obrazovaniya A. Shin s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom KNR v Respublike Uzbekistan Yuy Szun
Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini davom ettirish va mustahkamlashga kelishib olishdi.