TOShKENT, 1 noya — Sputnik. "Gazprom" Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berishni hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlarni, jumladan, "Buxoro-Ural" gaz quvurini ko‘rib chiqmoqda, dedi Rossiya kompaniyasi rahbari Aleksey Miller Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Xalqaro gaz forumida.
“Albatta, “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi gaz transport yo‘laklaridan faqat bittasi. Boshqa gaz transport yo‘laklari ham bor. Masalan, O‘zbekiston hududiga o‘tadigan mavjud "Buxoro-Ural" gaz transport yo‘lagi va "Markaziy Osiyo – Markaz" gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish doirasida kelgusi yillarda nima qilishimizni tahlil qilishdan tashqari, biz mavjud "Buxoro-Ural" gaz transport yo‘lagini ham ko‘rib chiqamiz, shuningdek, yangi gaz tashish yo‘nalishlari ham paydo bo‘lishi mumkin”, - dedi "Gazprom" rahbari.
Avvalroq Miller o‘z nutqi davomida "Gazprom" Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan uzoq muddatli 15-yillik hamkorlikni muhokama qilayotganini, shuningdek, "Markaziy Osiyo – Markaz" gaz quvurlari tizimi orqali gaz yetkazib berishni kengaytirishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, 31-oktabrdan 3-noyabrgacha Sankt-Peterburgda XIII Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 52 ta davlatdan 17 mingga yaqin ishtirokchi ishtirok etdi.