O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi pasaydi

YeOIIda o‘simlik mahsulotlari narxi 6 foizga pasaygan, chorvachilik mahsulotlari esa 3 foizdan ortiq qimmatlashgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) yil boshidan buyon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari pasaygan, deya xabar bermoqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) statistika departamenti.
2023 yilning sentabr oyida YeOIIda qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi indeksi 2022-yilning dekabriga nisbatan 0,7 foizga pasaygan.
Narxlar pasayishi asosan o‘simlik mahsulotlari tannarxida kuzatilmoqda -6%. Chorvachilik mahsulotlari narxi esa, aksincha, 3,1 foizga oshgan.
YeOII da qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi pasayishi:
Armanistonda 31,2% ga,
Belarusiyada 8,4% ga,
Qozog‘istonda 5,6% ga,
Qirg‘izistonda 1,7% ga.
Rossiyada narxlar 1,5% ga oshgan.
ShU bilan birga sentabrda YeOIIda 2023-yilning avgust oyiga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari indeksi 101,7%ga o‘sishi kuzatildi. Bunga sentabr oyida kuzatilgan yoqilg‘i narxlari o‘sishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
YeIK ma’lumotiga ko‘ra 2023-yil sentabr oyida benzin narxi avgustga nisbatan 102 %, 2022-yilning dekabriga nisbatan esa 109,3 %ga oshgan. Dizel yoqilg‘isi narxi ham o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 9,8 %, elektr energiyasi esa 2,2 %ga oshgan.