Abduqodir Toshqulov yana Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda ushbu lavozim tugatilgan.
Abduqodir Toshqulov 2017—2021 yillarda Termiz davlat universitetiga rektorlik qilgan. 2021-yil yanvarda oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri etib tayinlangandi.