"Sodiq do‘st": Toshkentdagi ko‘rgazmaning yoqimtoylari

Toshkentda xalqaro itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan yoqimtoy jonivorlar suratlari - Sputnik fotolentasida.
Sputnik
Vafodor, xaloskor, qo‘riqchi, kezi kelganda yo‘l boshlovchi - itlarni ta’rif mumkin bo‘lgan so‘zlarning ayrimlari. To‘rt oyoqli bu yoqimtoy jonivorlar jamiyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi Milliy kinologiya markazida bo‘lib o‘tgan xalqaro itlar festivalining "qahramonlarini" fotolentamizda tomosha qiling.