2024 yil Davlat budjetida kimga qancha mablag‘ ajratilgan — ro‘yxat

2024-yilgi Davlat budjeti loyhiasida eng katta mablag‘ Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari uchun ajratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil uchun Davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Budjet mablag‘larining eng katta qismi ta’lim sohasiga yo‘naltiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 46,6 trln so‘m, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga esa 6,1 trln so‘m ajratilgan.
2024 yil Davlat budjetda kimga qancha mablag‘ ajratilgan:
1.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 46,6 trln. so‘m;
2.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,1 trln. so‘m;
3.
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 4,5 trln. so‘m;
4.
Madaniyat vazirligi — 1,1 trln. so‘m;
5.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 1, 7 trln. so‘m;
6.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 1,7 trln. so‘m;
7.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 1,7 trln. so‘m;
8.
Suv xo‘jaligi vazirligi — 10, 440 trln. so‘m;
9.
Energetika vazirligi — 242,6 mlrd so‘m;
10.
Transport vazirligi — 6,1 trln so‘m;
11.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi — 816,7 mlrd so‘m;
12.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi — 939 mlrd so‘m;
13.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi — 11,5 mlrd so‘m;
14.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 11,3 mlrd so‘m;
15.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 1,1 trln so‘m;
16.
Statistika agentligi — 257,1 mlrd so‘m;
17.
Tashqi ishlar vazirligi — 874,5 mlrd so‘m;
18.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1, 06 trln. so‘m;
19.
Raqamli texnologiyalar vazirligi — 313, 9 mlrd so‘m;
20.
Adliya vazirligi — 239,2 mlrd so‘m;
21.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 91,9 trln so‘m (ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlar uchun);
22.
Soliq qo‘mitasi — 158,4 mlrd. so‘m;
23.
Vazirlar Mahkamasi — 2 trln so‘m;
24.
Prezident Adminstratsiyasi — 1,5 trln. so‘m;
25.
Oliy Majlis Senati — 108, 4 mlrd. so‘m;
26.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 1,9 trln. so‘m;
27.
Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) — 17, 9 mlrd. so‘m;
28.
Bosh prokuratura — 2,1 trln so‘m;
29.
Oliy sud — 1,7 trln. so‘m;
30.
Konstitutsiyaviy sud — 10,6 mlrd so‘m;
31.
Sudalar Oliy kengashi — 46,7 mlrd so‘m;
32.
Markaziy saylov komissiyasi — 18,2 mlrd so‘m;
33.
MTRK — 559,9 mlrd so‘m;
34.
O‘zA - 36,7 mlrd so‘m;
35.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 67,7 mlrd so‘m;
36.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz — 14,7 mlrd so‘m;
37.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi — 150 mlrd so‘m;
38.
Fanlar akademiyasi — 429,9 mlrd so‘m;
39.
Badiiy akademiya — 140,3 mlrd so‘m;
40.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 30,7 mlrd so‘m;
41.
Hisob palatasi — 106 mlrd so‘m;
42.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 635,6 mlrd so‘m;
43.
Strategik islohotlar agentligi — 38,7 mlrd so‘m;
44.
Bolalar ombudsmani — 2,2 mlrd so‘m;
45.
"Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi — 733,4 mln so‘m;
46.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 9,1 mlrd so‘m;
47.
Milliy antidoping agentligi — 8,1 mlrd so‘m;
48.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita — 42,1 mlrd so‘m;
49.
Madaniy meros agentligi — 213,5 mlrd so‘m;
50.
Ijtimoiy himoya agentligi — 20,2 trln so‘m;
51.
Boshqa tashkilotlar — 44,5 trln so‘m.
2023 yilda Davlat budjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 100,4 foizga bajarilib, haqiqatda ijrosi 233,6 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilgi daromadlarga nisbatan 31,7 mlrd so‘mga yoki 15,7 foizga ko‘p.
Hujjatda aytilishiga ko‘ra, 2023-yil oxirida O‘zbekistonda makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar o‘sishi va shu bilan birga 2023-yil yakunida konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga oshib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi kutilayotgani aytib o‘tilgan.
Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 2024-yilda 5,6-5,8 foiz, 2025-yilda 6,2 foiz va 2026-yilda 6,4 foiz darajasida bo‘lishi kutilayotgani ham qayd etilgan.
Kelgusi yilgi Davlat budjeti, odatda, dekabr oyining uchinchi dekadasida Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi.