Dollar, rubl va yevro oshdi — 1-noyabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 15,19 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 15,19 so‘mga qimmatlashdi va 12 234,42 so‘mni tashkil qildi. Yevro birdaniga 121,29 so‘mga oshdi va 13 051,68 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 02,02 so‘mga qimmatlashib, 133,21 so‘mni tashkil qildi.