Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyaning “Solnsepok”lari Ukraina QKning Kupansk yo‘nalishidagi istehkomlariga zarba berdi

Rossiya "TOS" tizimlari Kupansk yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlarining tayanch punktlari va boshpanalariga zarba berdi — RF Mudofaa vazirligi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiyaning “Solnsepok” og‘ir o‘t ochish tizimlari (TOS) Ukraina Qurolli kuchlarining Ivanovka yaqinidagi Kupansk yo‘nalishidagi istehkomlari va boshpanalariga zarba berdi, deb xabar qildi G‘arbiy guruh matbuot markazi rahbari Sergey Zibinskiy RIA Novosti agentligiga.

"Og‘ir o‘t ochish tizimlari ekipajlari Ivanovka hududidagi 32-mexanizatsiyalashgan brigadaning boshpanalarida vzvodning istehkomlari va shaxsiy tarkib to‘plangan joyga zarba berishdi", dedi u.

Bundan tashqari, Su-34 qiruvchi-bombardimonchilari ekipajlari Peschaniy, Zagoruykovka, Berestovoy va Stepovaya Novoselovka hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 25-havo-desant, 32- va 43-mexanizatsiyalashgan brigadalarining shaxsiy tarkibi, qurol-yarog‘ va harbiy texnikasi jamlangan joyga zarba berdi.
Zibinskiyning so‘zlariga ko‘ra, frontning ushbu sektorida dushmanning umumiy yo‘qotishlari 90 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita T-64 tanki, uchta piyoda jangovar mashinasi, ikkita avtomashina va ikkita dronni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda Rossiya Qurolli kuchlari “Solnsepok” va “TOS-2” “Tosochka” bilan qurollangan.