TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +19 daraja bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarimda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi +13-15 daraja iliq, kunduzi +17-19 daraja iliq bo‘ladi.